1941 yil 22 iyunda, irqchilik nazariyasi bilan bulg‘angan fashistlar Germaniyasi rahbarligidagi ittifoqchilar qurolli kuchlari urush e'lon qilmasdan sobiq Ittifoqqa bostirib kirgan edi. Dahshatli urush 1945 yil 9 mayiga qadar davom etib, sobiq Ittifoqning jami 26,6 mln fuqarosining yostig‘ini quritdi.
Umuman, 1941–1945-yillarda O‘zbekiston jami aholisi 6,5 million kishi atrofida bo‘lib, shulardan 1 mln 433 ming 230 kishi urushga safarbar etilgan, ularning 500 mingdan ortig‘i frontdan qaytib kelmagan.
Quyidagi suratlarda urushning boshlanish davriga oid turli voqealardan voqif bo‘lishingiz mumkin.
Askarlar frontga yo‘l olmoqda
Moskvaliklar urush boshlagani to‘g‘risidagi radiouzel xabarini tinglashmoqda
Berlin. Germaniya tashqi ishlar vaziri fon Ribbentrop diplomatik korpus va OAV vakillarini Sovet Ittifoqiga urush boshlanganidan xabardor etmoqda
Dahshatli urush boshlanganidan ikki o‘tib, 1941 yil 24 iyunida Sovet Axborot byurosi tashkil etildi
Urush boshlanishi munosabati bilan Qizil armiya askarlarining to‘planishi
Sovet harbiylari tankka qarshi qurol bilan o‘t ochish nuqtasida
Front oldida tushlik vaqti
Moskva aholisi ham sobiq Ittifoqning boshqa fuqarolari kabi Vatan himoyasiga otlanishdi. Ko‘ngillilardan bir nechta diviziyalar tashkil etildi. Suratda: moskvaliklar ko‘ngillilar ro‘yxatiga yozilmoqda
Kirov zavodi ishchilari frontga ketyapti. Leningrad. 1941 yil
Motorlashtirilgan nemis harbiy qismlarining hujumi. 1941 yil, iyun
Urush boshlanishidanoq, partizanlik harakati avj oldi. Ular, dushman qo‘shinlarining harakatiga halaqit berishdi, aloqalarni buzib, jiddiy talofat yetkazishdi. Suratda partizanlar so‘nggi xabarlardan voqif bo‘lishmoqda
Harbiy hamshiralar tayyorlash kursi
SSSRning g‘arbiy chegarasi. 1941 yil 21 iyun
Urush farzandlari nemis aviatsiyasining navbatdagi parvozi chog‘ida