Rossiyalik taniqli sharhlovchi Vladimir Stogniyenko Rossiya va Uels terma jamoalari o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, bunday o‘yinlarni sharhlash juda og‘ir.
«Ha, bunday o‘yinlarni sharhlash juda og‘ir. Baqirging, so‘kinging keladi, lekin men o‘z ishimni qilishim kerak. Sharhlovchi mikrofonni tashlab chiqib keta olmaydiku.
Men imkon boricha o‘yin oxiriga qadar terma jamoamizga muxlislik qilishga harakat qildim. Axir bu bizning jamoaku. Men sharhlovchi ekanim bilan birga eng avval muxlisman»,- deydi Stogniyenko.
Eslatib o‘tamiz, kecha Tuluzada bo‘lib o‘tgan o‘yinda Uels terma jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Manba: Tribuna.uz