Vardi Yevro-2016’dan keyin bilagida operatsiya o‘tkazadi

Sport 00:22 / 21.06.2016 4659

"Lester" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi yozda operatsiya qilinishini aytdi.

29 yoshli futbolchi Yevropa chempionatida mavsum davomida bilagidan olgan jarohati bilan o‘ynamoqda.   

"Men hanuzgacha gipsli bog‘ichda o‘ynashimga to‘g‘ri kelmoqda. Yevro-2016’dan keyin operatsiya qilinaman. Mening bilagimda ikkita katta darz bor, suyak o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. 

Biroq men bor-yo‘g‘i 3 hafta o‘tkazib yuboraman. Men bu jarohatni mavsum boshidayoq, "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda olganman, shuning uchun bu jarohat menda anchadan beri bor", deb aytdi Vardi.

Ko‘proq yangiliklar: