O‘zbekiston moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilgi davlat byudjyetidan 15,2 mlrd so‘m mablag‘ni mamlakat drenaj tizimlarini ta'mirlash uchun sarflash rejalashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, ajratilgan mablag‘ning 11,1 mlrd so‘mi 318ta drenaj quduqlarini kapital ta'mirlashga yo‘naltiriladi. 4,1 mlrd so‘m esa, 67,8 kilometrlik ochiq va yopiq turdagi suv to‘plash havzalarining kapital ta'miriga sarflanadi.
Shu bilan birga, ulardagi eskirgan nasoslar yangi, tejamkor nasoslarga almashtiriladi. Buning natijasida, yiliga 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo‘ladi.