Angliya terma jamoasining yarim himoyachisi Ueyn Runining aytishicha, u Stiven Jyerard va Pol Skoulzdan ko‘p narsa o‘rgangan.
«Men qachondir yarim himoyada o‘ynashimni bilganman. Bu haqda ilk marta gapirganimda 24 yoshda edim. Mana, shu narsa bo‘lib turibdi.
Men Angliya futbol tarixining eng yaxshi yarim himoyachilari Stiven Jyerard va Pol Skoulz bilan birga to‘p surganman. Kelajakda ularning pozitsiyasida harakatlanishimni bilgan holda, ularning har bir xatti-harakatini kuzatganman.
Men ularni uchrashuvlarda va mashg‘ulotlarda kuzatganman. Xatti-harakatlarni takrorlashga va biror yangilik qo‘shishga intilganman», – dedi Runi.
Mana: Tribuna.Uz