Turk futbol ixlosmandlari futbol bo‘yicha o‘tayotgan Yevropa chempionati kunlarida Eyfel minorasini milliy bayroqlar bilan bezash borasidagi ovoz berishda faollik ko‘rsatmoqda. Bu haqda Parij meriyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tvitterda olib borilayotgan ovoz berish yakuniga ko‘ra, Eyfel minorasi chiroqli shou markazida bo‘ladi. So‘nggi o‘yin tugashi bilan kunlik ovoz berish natijalari hisoblab chiqiladi va eng ko‘p ovoz bergan jamoa muxlislarining mamlakati bayrog‘i tusi 10 daqiqa mobaynida minorada porlab turadi.
"Musobaqa boshlangan buyon biz 8 mln ovoz to‘pladik. Eng faollari turk futbol ixlosmandlaridir. Ikkinchi o‘rinda inglizlar bormoqda. Uchinchi o‘rinda esa fransuzlar bormoqda", - deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda.