Si Tszinpin O‘zbekistonga tashrifini Buxorodan boshladi

O‘zbekiston 21:08 / 21.06.2016 17285

XXR raisi Si Tszinpin 21 iyun kuni O‘zbekistonga davlat tashrifini Buxorodan boshladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar tarqatdi.

Xitoy rahbari tarixiy markazi YuNeSKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan 2500 yillik tarixga ega Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishganidan so‘ng Toshkentga yo‘l oldi.

Si Tszinpin Toshkentda O‘zbekiston prezident Islom Karimov bilan uchrashadi va oliy darajali muzokaralarda ishtirok etadi. U shuningdek, Senat a'zolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlaydi.

Tashrif yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo‘shma bayonotini qabul qilish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bitimlar va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

23-24 iyun kunlari Si Tszinpin Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: