Saudiya Arabistonining neft eksport qilish hajmi joriy yil aprel oyida sutkasiga 7,44 million barrelga tushib ketdi. Bu oktabr oyi ko‘rsatkichiga qaraganda ancha past, deb xabar bermoqda Reuters. Bu martga taqqoslaganda 100 ming barrel tushganini ko‘rsatadi.
Shu bois mamlakatda neft qazib olish rekord darajada yuqorililigicha qolmoqda. Aprel xulosalariga ko‘ra, neft qazib olish kuniga 10,26 million barrelni tashkil etdi (bir oy avvalgi holat 10,22 million barrelni ko‘rsatgan edi).
Aprel oyida mamlakatda neft zaxirasi olti million barrelga qisqardi. Bu holatni ham oktabr oyiga taqqoslab ko‘riladigan bo‘lsa, 40 million barrelga kamayganining guvohi bo‘lish mumkin.