Rossiyaning Primore o‘lkasi Vladivostok tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxsni politsiya xodimiga 2 ming rubl miqdorida pora taklif etgani uchun qamash to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda TASS axborot agentligi o‘lka prokurori katta yordamchisi Yelena Teleginaga asoslanib xabar bergan.
Sud bu shaxsga 8 oylik qamoq jazosi hamda 60 ming rubl miqdoridagi jarima tayinlagan.
Ma'lum qilinishicha, bu shaxs Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmagan holda bo‘lib turgan. Bu politsiyaga ma'lum bo‘lgach, u qo‘lga olingan. Rossiyadan chiqarib yuborilish xavfi ostida bo‘lgan o‘zbekistonlik bundan qutilib qolish uchun 2 ming rubl miqdorida pora taklif etgan.
Bu vaziyat bo‘yicha Rossiya Jinoyat Kodeksining 291 moddasi, 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.