Toshkent viloyatida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi vazni 56 kilogrammgacha atletlar bahsida Bekzod Abduhamidov dast ko‘tarishda 95 kilogramm, siltab ko‘tarishda 116 kilogramm natijani qayd etdi. U ikkikurash yakuniga ko‘ra, 211 kilogrammlik natija bilan uchta oltin medal sohibiga aylandi.
62 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan Doniyorbek Saidnazarov shtangani dast ko‘tarishda 109 kilogramm, siltab ko‘tarishda 131 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 240 kilogramm natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida Manzura Mamasoliyeva, Madina Mamasoliyeva, Dina Tojiyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.