MMA bo‘yicha Osiyo chempioni avtohalokat qurboni bo‘ldi

Jahon 16:40 / 21.06.2016 6005

Qirg‘izistonning O‘sh shahri «Muhammad-Umar" klubi a'zolari jiddiy avtohalokatga uchrashdi, deb xabar qilmoqda "AKI-press" axborot agentligi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, fojyea oqibatida ikki kishi, jumladan aralash yakkakurashlar bo‘yicha sobiq Osiyo chempioni Mirbek Abdiqodirov ham hayotdan ko‘z yumgan. 

20 iyun kuni tongda Bishkek-O‘sh avtoyo‘lining 310-kilometrida Honda Stepwgn mashinasining shinasi yorilib ketib, transport vositasi yo‘l chekkasidagi qiyalikka ag‘darilib ketgan. Unda haydovchi va 7 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 

«Ushbu avtohalokatda «Muhammad-Umar» klubi a'zolari jabrlangan. O‘sh shahri ichki ishlar boshqarmasida ishlab kelgan MMA sobiq chempioni Mirbek Abdiqodirov esa hayotdan ko‘z yumgan», — deyiladi xabarda. 

Mashina haydovchisi ham shifoxonaga keltirilganiga qaramay, olingan tan jarohatidan halok bo‘lgan. Boshqa yo‘lovchilarning hayotiga hech narsa tahdid solmayotgani xabar qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: