MDH sog‘liqni saqlash kengashi tamaki mahsulotlarining aholiga salbiy ta'sir ko‘rsatishiga qarshi yo‘naltirilgan hamkorlik rejasi loyihasini tasdiqladi. Bu haqda RF Sog‘liqni saqlash vazirligining jamiyat salomatligi va kommunikatsiyalar departamenti direktori Oleg Salagay jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Bugun MDH Sog‘liqni saqlash kengashining Ostonadagi yig‘ilishida Kengash a'zolari ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tamaki mahsulotlarining aholi salomatligiga salbiy ta'sirini oldini olishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi loyihasini tasdiqlashdi", - deya xabar qildi u.
Salagayning ta'kidlashicha, reja aholi salomatligini tamaki iste'moli asoratlaridan himoya qilish, davlat siyosatining tamaki sanoatiga aralashuvidan himoya qiluvchi choralar, tutunsiz muhit yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, tamaki reklamasi va unga homiylik qilishga chek qo‘yish, xavf darajasiga ko‘ra tamaki mahsulotlarini tasniflashni taqiqlash, sigaretalarning kam olov olishi talabini kiritish, aholining xabardorligi model qonunini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
"Reja loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi. MDH ijroiya qo‘mitasi MDHga a'zo davlatlarning hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida rejani tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi", - ta'kidladi Salagay.