Rossiya terma jamoasining Yevro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin Leonid Slutskiy terma jamoani tark etadi va faqat TsSKA jamoasida ishlay boshlaydi.
Rossiya terma jamoasida uning o‘rniga bosh murabbiy bo‘lish uchun asosiy da'vogar sifatida Stanislav Cherchesov nomi aytilmoqda.
«Chempionat.com» xabariga ko‘ra, ayni vaqtda bir necha variant ko‘rib chiqilmoqla, lekin oxir-oqibat Cherchesov nomzodida to‘xtalinadi.
Yakunlangan mavsumni Cherchesov Polshaning «Legiya» jamoasi bilan o‘tkazdi va jamoani chempionlikka yetakladi. U jamoasi bilan Polsha Kubogida ham zafar quchgan.
Mavsum yakunida 52 yoshli bu mutaxassis polshaliklar jamoasini tark etgan va ayni vaqtda ishsiz.
O‘z vaqtida darvozabon sifatida Rossiya terma jamoasida o‘ynagan ushbu sobiq futbolchi murabbiylik faoliyati davomida «Spartak» (2007-08), «Jyemchujina-Sochi» (2010-2011), «Terek» (2011-13), «Amkar» (2013-14) va «Dinamo» (2014-15) jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagandi.
Manba: Tribuna.uz