Facebook kompaniyasining aksionerlari 20 iyunda bo‘lib o‘tgan yillik majlisda 5,7 milliard ovoz bermaydigan aksiyalarning yangi turini chiqarish taklifini tasdiqlashdi. Shuningdek, kompaniya to‘liq tarkibda direktorlar kengashini qayta sayladi. Bu haqida The Los Angeles Times ma'lum qildi.
Bunday choralar kompaniya rahbari Mark Tsukerbergga o‘z aksiyalarining aksariyatini boshqa kishiga topshirganida kompaniya ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradi.
O‘tgan yilning dekabrida dunyoning eng badavlat kishilari qatoridan joy olgan Tsukerberg o‘z ulushining 99 foizini xayriya ishlariga sarflashga va'da bergan.