Syamozerdagi to‘fondan keyin omon qolgan o‘smirlar fojia ro‘y bergan vaqtda nimalar bo‘lganini so‘zlab berishdi, deb yozadi "Vesti".
"To‘lqinlar 2 - 3 metrga yetdi, biz toshga urildik va to‘xtab qoldik. Ikkinchi qayiqqa ko‘zimiz tushdi, ular suzayotib ag‘darilib ketishdi", - deyishdi Kareliyadagi oromgohning omon qolgan tarbiyalanuvchilari.
Shishirilgan qayiqda suzgan 26 nafar maktab o‘quvchisi orolda tunashdi, ular qolgan ikki qayiqning to‘fonda ag‘darilib ketganini bilishmasdi, deb yozadi manba. Ko‘lda soniyasiga 20 metrdan ortiq kuchli shamol esgan.
19 iyun kuni 47 nafar o‘smirdan iborat sayyohlik guruhi 4 nafar instruktor rahbarligida Syamozerga sayrga chiqishgan. Bir guruh bolalar orolda qolishgan, qolgan qismi - 26 kishi ko‘lga otlanishgan, keyinchalik u yerda to‘fon ko‘tarilgan. Katta to‘lqinlar natijasida qayiqlar suvga ag‘darilgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur fojiada 14 nafar bola halok bo‘lgan - barchasi cho‘kib ketgan. Hozirga qadar 13 nafar o‘smirning tanasi topilgan, yana bir bolani qidirish ishlari davom etmoqda.