Iroq harbiy komandirining bayonot berishicha, Al-Faluja shahrida bir oydan beri davom etayotgan jangovar harakatlarda IShID terroristik guruhining 2,5 mingga yaqin jangarisi o‘ldirilgan, deb xabar qilmoqda Asociated Press agentligi.
Aksilterroristik kuchlar rahbari general-leytenant Abdulvahob al-Saadiyning mahalliy al-Sumaria telekanaliga ma'lum qilishicha, 20 iyun kechga kelib, harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri o‘ldirilgan jangarilar soni 3,5-4 ming kishini tashkil etgan. Al-Saadiyning aytishicha, yo‘q qilingan jangarilarning 15 foizi xorijiy yollanma jangarilardir.
Ammo Iroq hukumati o‘z armiyasi safida qurbon bo‘lganlar soniga oydinlik kiritmagan.