21 iyun kunining birinchi qismida Iordaniya va Suriya chegarasida terrorchi xudkush boshqaruvidagi avtomobil portlatilishi oqibatida 6 nafar iordaniyalik chegarachi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Iordaniya armiyasidagi manba ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt tufayli yana 14 kishi jarohatlangan.
Xuddi shu manba ma'lumotiga ko‘ra, portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobil Suriya hududidan kelib, chegara yaqinida joylashgan qochoqlar lageridan uzoq bo‘lmagan joyda portlab ketgan.