Iordaniya qiroli Abdulloh II chegara xizmati xodimlariga hujumda ishtirok etganlarga "temir musht bilan zarba berishini" aytdi.
Qirolning bayonotini saroy matbuot xizmati tarqatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Avvalroq harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda Iordaniyaning Suriya bilan chegarasida 6 nafar iordan chegarachisi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Minalashtirilgan avtomobil Iordaniya, Suriya va Iroq chegaralari kesishadigan cho‘lli hududdagi suriyalik qochqinlar lageri oldida portlagandi.