Hindistonda yoga kuni: Meditatsiya smartfon kabi va ko‘ngil detoksikatsiyasi vositasi sifatida

Jahon 17:29 / 21.06.2016 5178

Hindistonda 20 iyun seshanba kuni ommaviy tonggi meditatsiya seanslari bilan Xalqaro yoga kuni nishonlandi, poytaxt Nyu-Dehlida esa marosimlar biryo‘la bir necha maydonda o‘tkazildi. 

Bosh vazir bayram tantanalarida bajonidil ishtirok etadi - o‘tgan yili u taxminan 35 ming kishi bilan  Rajpatxda meditatsiya bilan shug‘ullangan. Bu yil esa u Dehlining shimoli-g‘arbida joylashgan Chandigarx shahri aholisi bilan mashq qildi. 

Hindiston bosh vazirining yogasevarlarni faol qo‘llab-quvvatlashi qonunan tasdiqlangan. Modi zamonaviy texnologiyalarning ilg‘or foydalanuvchisi - Twitter'da uning akkaunti bor, shu bilan birga u hattoki shaxsiy mobil ilovasini ham ishga tushirgan, bu orqali hindistonliklar uning faoliyatini kuzatishi mumkin. Modi doimo an'anaviy hind liboslarini kiyadi, ko‘pincha hindiy tilida chiqish qiladi va albatta, yoga bilan shug‘ullanadi.

"Yogani hayotingizning bir qismiga aylantiring. Xuddi mobil telefonlar hayotingizning ajralmas qismiga aylangani kabi yogani ham ularning qatoriga qo‘shing", - deydi siyosatchi. 

Hindiston prezidenti Pranab Mukerji ham undan qolishmadi. U poytaxt markazida joylashgan Rashtrapati-Bxavane – Prezident saroyidagi maysazorda ming kishilik guruh bilan mashq qildi. 

Poytaxtdagi ommaviy yoga saboqlari yettita maydonda o‘tkazildi. Barcha hududlardagi mashqlar tonggi soat 5:30da boshlandi. 

"Yoga nafaqat sog‘lom tana uchun zarur, balki ma'naviy ozuqa hamdir. Ma'naviy amaliyot esa - qalb tozalanishiga asos bo‘la oladi. Tana uchun detoksikatsiya jarayoni bo‘lgani kabi, yoga - qalb detoksikatsiyasi bo‘lib, uni salbiy ta'sirlardan tozalaydi. Yoga - hech bir dinga bog‘liq bo‘lmagan duo kabidir", - deydi ishtirokchilardan biri.

Ko‘proq yangiliklar: