Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Yevro-2016 turniridan keyin milliy terma jamoadan ketishi haqida e'lon qildi.
«Men Yevrodan keyin terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman», – degan Ibrahimovich.
Shvetsiya terma jamoasi hozircha turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda. Jamoa guruh bosqichining 3-turida Belgiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonilmasa, skandinavlar turnirni tark etadi.
Ibrahimovich faoliyati davomida Shvetsiya terma jamoasi tarkibida 115ta o‘yinda maydonga tushib, 62 gol urgan.
Manba: Tribuna.uz