21 iyun kuni Lozanna shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi yig‘ilishi vaqtida Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) tomonidan Yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasining 2016 yilgi Yozgi Olimpiadadan chetlatilgani bo‘yicha qabul qilingan qarori qo‘llab-quvvatlandi.
XOQ rahbari Tomas Baxning bildirishicha, turnirda sportchilarning ishtirok etish masalasi bo‘yicha qarorni xalqaro federatsiya qabul qiladi.
Xususan, yengil atletika bo‘yicha Rossiya va Keniya terma jamoalarining Xalqaro aksildoping agentligi (WADA) tomonidan tartiblarni buzgan deb topilib, turnirdan chetlatilganiga taalluqlidir.
"Deklaratsiya uchun yig‘ilganimizdan xursandman. Sammit diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilmaydi. U faqat ma'lum strategiya ishlab chiqish bo‘yicha maslahat berishi mumkin. Sammit IAAF o‘tgan hafta qabul qilgan qarorga humat va ishonch bildiradi", degan Tomas Bax matbuot anjumanida.
U Rossiya tomoni IAAF qarori yuzasidan Lozannadagi Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Apellyatsiya berish huquqi har bir sportchida mavjud.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahari Rossiya Olimpiya qo‘mitasining inqirozli vaziyatdan chiqish uchun olib borayotgan ishlarini qayd etib o‘tgan. U ROQning 2016 yilgi olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi masalasi ko‘rib chiqilmaganini qo‘shimcha qilgan.
U sanksiyalar faqatgina doping qabul qilgani aniqlangan sportchilarga emas, qoida buzilishida ishtirok etgan shifokorlar hamda rasmiy shaxslarga nisbatan ham qo‘llanishi kerakligini ma'lum qilgan.
17 iyun kuni Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) tomonidan yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2016 yilgi Olimpiadadan chetlatilgandi.
Butunrossiya yengil atletika federatsiyasi 2015 yil noyabrida diskvalifikatsiya qilingan edi. Joriy yilning fevralida esa 4027 rossiyalik atletlar xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.
Sportchilarning musobaqadan chetlashtirilishiga asosiy sabab ularning dopingdan foydalangani bo‘ldi.