XXRda avtobusni yoqqan va uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan kishi qatl etiladi

Jamiyat 22:22 / 21.06.2016 4597

XXR fuqarosi avtobusni yoqqani va buning natijasida uch kishi halok bo‘lib, 16 kishi jarohat olgani sabab, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.

Voqea 2014 yilning avgust so‘ngida Shandun provinsiyasining Lunkou shahrida sodir bo‘lgan edi.

Syuy Syaofu ismli erkak avtobusga ichida benzin bo‘lgan kanistr ko‘tarib keladi va uni yo‘lovchilar ustiga sepib, yoqib yuboradi. Ko‘pchilik yo‘lovchilarni qutqarishga muvaffaq bo‘linadi, biroq olti kishi jiddiy jarohatlanadi. Shundan so‘ng haligi erkak qochib ketadi, ammo ikki kundan so‘ng qo‘lga olinadi. U hukmdan norozi bo‘lib, shikoyat qilishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: