XXR raisi O‘zbekistonga tashrifini boshladi

O‘zbekiston 13:55 / 21.06.2016 20149

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin 21 iyun kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Xitoy yetakchisi 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuv o‘rin olgan. 

O‘zbekiston TIV ma'lumotiga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar muhokama etiladi. 

Tashrif dasturida Xitoy Raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlashi ham ko‘zda tutilgan. 

Tashrif yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo‘shma bayonotini qabul qilish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bitimlar va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: