Xakerlar Acer foydalanuvchilarining bank ma'lumotlarini o‘g‘irlashdi

Jahon 15:06 / 21.06.2016 4103

Acer kompaniyasi internet-do‘konining 34,5 ming nafar foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar xakerlar tomonidan o‘g‘irlandi. Bu haqda  Engadget xabar berdi. 

Ishlab chiqaruvchi Kaliforniya bosh prokurorini xakerlar xaridorlarning ismlari, manzillari, raqamlari, amal qilish muddatlari va bank kartalarining CVC-kodlariga oid ma'lumotlarga chiqa olish imkoniga ega bo‘lganidan boxabar qildi. 

Yovuz niyatli kimsalar asosan AQSh, Kanada va Puerto-Riko aholisiga tegishli ma'lumotlarni tunashgan. Xakerlar 2015 yilning 12 mayidan 2016 yilning 28 apreliga qadar Acer mijozlari ma'lumotlarini olishgan.

Kompaniya xakerlarning qanday yo‘l bilan ma'lumotlarni qo‘lga kiritganiga oydinlik kiritmadi. Acer bunday nosozliklar odatda ishlab chiqaruvchi  IT- infratuzilmasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmasligini, ularning kompyuterlarga viruslar yuborilishi sababli ro‘y berishini qayd etdi.

Ko‘proq yangiliklar: