«Spartak» jamoasi xo‘jayini Leonid Fedun Uels terma jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl va rossiyalik futbolchilarning narxlarini taqqosladi.
«Beyl – bu uchta Rossiya terma jamoasiga teng turadigan futbolchi. Bizning terma jamoa futbolchilarini jami qancha mablag‘ga sotish mumkin? Balki 20 million yevroga. Albatta, agar kimdir ular uchun pul to‘lasat. Holbuki, Beylning bir o‘zi 100 million turadi. O‘zingiz qiziqib ko‘ring.
Terma jamoadagi spartakchilar ham boshqa jamoalar futbolchilari qatori o‘ynashdi. Hech kimni alohida ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Juda sekin harakatlanadigan, yoshi keksaygan himoya chizig‘i. Faqat Akinfeyev bizni katta sharmandalikdan qutqardi», – degan Fedun.
Manba: Tribuna.uz