Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiya muddatini uzaytirdi

Jahon 15:58 / 21.06.2016 7394

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillarining qo‘mitasi (COREPER) bugungi majlisda Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning olti oy muddatga - 2017 yilning 31 yanvarigacha uzaytirishini tasdiqladi. Bu haqda Yevropaning Bryusseldagi diplomatik manbasi Interfaksga xabar berdi. 

"Sanktsiyalar olti oyga uzaytiriladi, ularning muddati tugaganidan keyingi taqdiri Minsk kelishuvining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi", - dedi agentlik manbasi. 

Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan hujjat endi Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Aniq muddati hozircha noma'lum, lekin uning 28-29 iyun kunlari Yevropa Ittifoqi sammitining boshlanishiga qadar tasdiqlanishi kutilmoqda. 

Bundan avval RFga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirish masalasi COREPER majlisida muhokamasiz hal etilishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: