Dubaydan Manchesterga parvoz qilayotgan samolyot yo‘lovchisi hayotdan ko‘z yumdi

Jahon 18:40 / 21.06.2016 3829

Emirates aviakompaniyasi samolyotining yo‘lovchisi, BAAning Dubay shahridan Britaniyaning Manchester shahriga parvoz qilayotgan vaqtda hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilgan The Daily Mail gazetasi. Hodisa, 20-iyun kuni ertalab yuz bergan. 

Hozircha erkak o‘limining sababi ma'lum emas. Uning shaxsiga ham oydinlik kiritilmayapti. Biroq, keksa yo‘lovchi Dubay aeroportidayoq darmonsizlikni his qilgani xabar qilinmoqda. 

Manchester aeroportida jasadni shifokorlar ko‘zdan kechirishgan. Havo bandargohiga yetib kelgan politsiya xodimlari, yo‘lovchining o‘limida shubhali narsalarni ko‘rmayotganini ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: