21 iyun kuni ertalab Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi City 2 savdo majmuasini portlatish bilan tahdid qilgan noma'lum shaxs qo‘lga olindi.
Majmua atrofi o‘rab olinib, hududda antiterror operatsiyasi o‘tkazilgan.
RTBF teleradiokompaniyasining politsiyaga asoslanib ma'lum qilishicha, portlashni amalga oshirish bilan tahdid qilgani uchun qo‘lga olingan gumondorning o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgandi.
Gumondor yonidan hech qanday portlovchi moddalar topilmagan.
Mamlakat bosh vaziri Sharl Mishelning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat nazorat ostida.