Britaniya leyboristlari yetakchisi: Kemeron Brexit'dan keyin iste'foga chiqishi mumkin

Jahon 16:07 / 21.06.2016 4251

Devid Kemeron Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga a'zoligiga doir taqdiri hal qilinadigan referendumdan keyin o‘z iste'fosi haqida e'lon qilishga majbur bo‘lishi mumkin, bu esa joriy yilning oxiriga kelib muddatdan ilgari saylovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Brexit'ni qo‘llab-quvvatlovchi britaniyalik leyboristlar guruhiga rahbarlik qiluvchi Brendon Chilton bu haqda RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"O‘ylashimcha, Kemeron o‘z o‘rnini bo‘shatishiga to‘g‘ri keladi. U referendum arafasida o‘zini juda yomon tutdi, zo‘ravonlik qildi, odamlarni shunchaki eshitmaslikka majbur qildi. Shu bilan birga u Konservativlar partiyasida juda ko‘p qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotdi. Bularning barchasi uning qolishiga imkon bermaydi, deb o‘ylayman", - deya hisoblagan Chilton. 

Manbaning taxminiga ko‘ra, mamlakatda yilning oxiriga borib muddatdan oldingi saylovlar o‘tkazilishi mumkin. 

Kemeron iste'foga chiqqan taqdirda uning o‘rniga Londonning sobiq meri Boris Jonson va mamlakatning adliya vaziri Maykl Gouv da'vogarlik qilishi mumkinligi ta'kidlandi. 

Buyuk Britaniyaning YeIga a'zoligiga doir referendum joriy yilning 23 iyunida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: