Devid Bekhem Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishiga qarshilar tarafida.
«Men o‘z faoliyatimning eng yaxshi yillarini «Manchester Yunayted» safida o‘tkazganman. Men Madridda, Milanda, Parijda ham futbol o‘ynadim va baxtiyor lahzalarni boshdan kechirdi. Bu jamoalarda butun Yevropadan va butun dunyodan kelgan futbolchilar bilan birga to‘p surdim.
Bu Yevropadagi shaharlar, qalbi jo‘shqin muxlislar meni va mening oilamni qarshi olishardi. Biz yangi madaniyatlar va xalqlar bilan tanishib, shu hayotda baxtli kunlarni yashardik», — deya Bekhemning so‘zlarini keltiradi The Telegraph nashriga asoslanib, Tribuna.uz.
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi masalasi ko‘rib chiqiladigan referendum 23 iyun kuni o‘tkaziladi.
Manba: Tribuna.uz