Bayden Asadni Saddam deb atadi

Jahon 23:30 / 21.06.2016 10270

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden teleboshlovchi Charli Rouz bilan intervyuda yanglishib, Suriya prezidenti Bashar Asadni Saddam Husayn deb atab yubordi. Bu haqda The Washington Free Beacon xabar bermoqda. 

AQSh prezidenti ma'muriyatining Suriyadagi fuqarolik urushi va IShIDga qarshi strategiyasini muhokama qilishda Bayden Asadni Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn bilan adashtirib yubordi.

"Biz shu bilan birga tinchlikqa erishish uchun xalqaro hamjamiyat bilan ishlashni davom ettirmoqdamiz, bu Saddamni hokimiyatdan mahrum qilib, uni ketishga majbur qiladi", deb aytdi Bayden. 

Teleboshlovchi Baydenni tuzatib, "Asadni hokimiyatdan mahrum qilish" deb aytgan. 

"Asadni, uzr so‘rayman. Freyd bo‘yicha yanglishish", deb javob berdi bunga vitse-prezident.

Ko‘proq yangiliklar: