Avstriyada aqli pastroq onadan farzandlari olib qo‘yildi

Jamiyat 21:44 / 21.06.2016 6164

Avstriya ijtimoiy xizmatlari 34 yoshli Evelin Myullerdan ikki farzandini olib qo‘yishdi. Mas'ul xodimlarning fikricha, ayol ongining pastligi unga o‘g‘li va qizini normal tarbiyalashga halaqit qiladi. Bolalarni aqlliroq oilaga berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda The Local nashri xabar berdi

Kattasi ikki yoshda bo‘lgan Myullerning farzandlari uylaridan olinib, bolalar uyiga joylashtirildi. 

Ayolning ongi darajasi (IQ) 64 ballga baholangan. Bunday yoki bundan pastroq ko‘rsatkich 122 nafar odamdan birida uchraydi. Quyi Avstriya federal yeridagi Shtattsendorf kommunasi ijtimoiy xizmatlarining fikricha, bunday ong koeffitsiyenti farzand tarbiya qilishga yetarli emas.  

Ayol yordam so‘rab Fly xayriya tashkilotiga muvojaat qilgan, tashkilot esa mamlakatda taniqli advokat Nikolaus Rastani jalb qildi.

Advokat uning himoyasi ostidagi ayol onalik majburiyatini bajar oladigan holatda deb qat'iy talab qilmoqda. Uning aqli o‘rta ma'lumot olishga yetarlilik qilgan va demak, u farzandlariga g‘amxo‘rlik qila oladi. 

2015 yil avgustda britan ijtimoiy xizmatlari kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari ruju qo‘ygan ota-onadan farzandini tortib olgandi. Ijtimoiy xizmatlarning fikricha, o‘yinlarga bog‘liqlik o‘z ota-onalik vazifalariga bepisand qarash alomatidir.

Ko‘proq yangiliklar: