Joniga qasd qilingan britaniyalik deputat Jo Koks xotirasiga atab tashkillashtirilgan fondga 800 ming funt sterling yig‘ildi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 20 iyun tongiga qadar 25 ming shaxsiy xayriya ajratilgan.
Marhumning oila a'zolari iltimosiga ko‘ra, tashkillashtirilgan ushbu fondga kelib tushgan pullar Jo Koksning uchta sevimli xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi. Ulardan biri yakka-yolg‘iz britaniyaliklarga yordam beradi, ikkinchisi suriyaliklarga insonparvarlik yordami ko‘rsatadi, uchinchisi esa Britaniyadagi ekstremizmga qarshi kurashadi.