Tramp respublikachilar bilan moliyaviy munosabatlarni uzishga tayyorligini bildirdi

Jahon 10:52 / 19.06.2016 5252

AQShlik milliarder, o‘zining AQSh prezidenti lavozimiga nomzodi qo‘yilishini kafolatlagan Donald Tramp o‘z partiyasi bilan moliyaviy munosabatlarni uzib, o‘z saylovoldi kampaniyasini o‘zi mustaqil moliyalashga tayyorligini bildirdi. U bu haqda 18 iyunda Las-Vegasdagi nutqida ma'lum qildi.

Tadbirkor agar partiyadoshlari uni ommaviy tanqid qilishsa yoki hiyla-nayranglar yo‘li bilan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan mahrum qilishga urinishsa, bunday qat'iy choralarga borishini aytdi. "Agar yirik mag‘lubiyatga uchragan bir juft yigitlar delegatlar orasida g‘alayon ko‘tarishni tashkillashtirishga urinayotgan bo‘lsa, bunday qilishimga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Tramp. 

Milliarder Respublikachilar partiyasi uchun mablag‘lar yig‘ish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishni to‘xtatishga va partiya tomonidan saylovoldi kampaniyasining moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishidan voz kechishga tayyorligini bildirdi. "Hozirda men Respublikachilar partiyasi uchun mo‘maygina pul yig‘moqdaman, xayriya beruvchilar juda ko‘p, menga buni qilish yoqadi. Axir biz o‘zaro bog‘liq vaziyatdamiz, agar respublikachilar yordam berishni istashmasa, unda men o‘z kampaniyamni o‘zim moliyalashtiraman", deb qo‘shimcha qildi milliarder.

Tadbirkor respublikachilarda saylovlarda ishtirok etish uchun undan boshqa munosib nomzod yo‘qligi sababli ish bungacha bormasligiga umid bildirdi. "Xo‘sh, kimni saylamoqchisiz? Men hammani yutdim, shunchaki yutmadim, balki tilka-pora qilib tashladim", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: