Eron hukumati Tehron va Boeing komaniyasi bilan 100ta yo‘lovchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini rasman tasdiqladi, deb xabar berdi Eron fuqaro aviatsiyasi (ICAO) boshlig‘i Ali Abedzade.
«Bizning mamlakatda 250ta samolyot mavjud, ularning 230tasini almashtirish lozim», - degan Abedzade.
Shuningdek, amaldorning ta'kidlashicha, kelishuv AQSh hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Eron oldinroq Boeing konserni bilan 100ta yo‘lovchi samolyotni sotib olish bo‘yicha kelishuvga kelgan edi.
Manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, kelishuvdagi samolyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish va lizing orqali olish Amerika hukumati tomonidan tasdiqlanishi lozim. Juma kuni Respublika partiyasining ikki nafar a'zosi kompaniyaga xat bilan murojaat etib, kelishuvga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, bu mamlakatning milliy xafsizligiga tahdid soladi.