Polyak harbiylari Kuvayt va Iroqda IShIDga qarshi kurashadi

Jahon 10:03 / 19.06.2016 4500

Polsha prezidenti Anjyey Duda mamlakat harbiy kontingentidan IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiya kuchlariga Kuvayt va Iroqda ko‘mak ko‘rsatishda foydalanish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 18 iyunda Polsha milliy xavfsizlik byurosi ma'lum qildi. 

"Farmonga ko‘ra, 20 iyundan 31 dekabrgacha Kuvaytda miqdori 150 askar va harbiy xizmatchigacha bo‘lgan Polsha harbiy kontingentidan foydalaniladi", deb ma'lum qilindi. Kuvaytda DB-110 razvedka tizimlari bilan jihozlangan 4 ta F-16 samolyotidan foydalaniladi.

Iroqda 60 kishigacha miqdordagi harbiy kontingentdan foydalaniladi. "Uning tarkibiga maxsus qo‘shinlar tomonidan ajratilgan kuchlar kiradi, uning asosiy vazifalari ro‘yxatiga Iroq qurolli kuchlari shtablari va maxsus bo‘linmalarini o‘qitish va mashg‘ulot qildirish kiradi", deb ma'lum qilindi xabarda.

Ikkala davlatda ham polshalik harbiylar "Sabotli qat'iyat" operatsiyasi davomida harakat qiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: