Eurowings aviakompaniyasi uchuvchisi 17 iyunda tungi parvozlar taqiqlanguncha havoga ko‘tarilishga ulgurish uchun Dyusseldorf aeroportining uchish-qo‘nish polosasida 72 yo‘lovchini tashlab ketdi, deb yozmoqda WDR.
Eurowings matbuot xizmatida samolyot bortiga avtobuslardan biridagi 70 yo‘lovchi ko‘tarila olgani, ikkinchi avtobusdagi 72 kishi esa bortga chiqishga ulgura olmagani ma'lum qilindi. Samolyot havoga ko‘tarilganda soat 21.50 bo‘lgan, 22.00 dan esa aeroportda tungi parvozlarga taqiqlov amal qilishni boshlaydi.
Samolyot Dyusseldorfdan Drezdenga 2 soat oldin uchib ketishi kerak bo‘lgan, biroq reysning ushlanishiga dispetcherlarning ish tashlashi va murakkab parvoz sharoitlari sabab bo‘lgan.
Ba'zi yo‘lovchilar Drezdenga avtobusda yetkazilgan, qolganlari esa mehmonxonalarga joylashtirilib, ertasiga uchib ketishgan. Erta parvozdan norozilarni tinchlantirish uchun voqea joyiga politsiya yetib kelgan.