Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya o‘zining aviatashuvchi kemasini qura olishini ma'lum qildi, deb yozmoqda Anadolu axborot agentligi.
"Turkiya o‘ziga mudofaa salohiyatini pasaytirish yoki harbiy sohadagi qadamlarni to‘xtatishga ijozat bera olmaydi. Bunga birinchi navbatda mamlakatning geografik joylashuvi to‘sqinlik qiladi", deb aytdi Erdo‘g‘an Istanbulda "Burguzoda" korvetining suvga tushirilishi marosimida.
Uning aytishicha, Turkiya amfibiya kemaning yaratilishidan keyin o‘z aviatashuvchi kemasini yarata olishi mumkin.
"Biz uni quramiz. Turkiya qurolli kuchlari o‘z aviatashuvchi kemasiga ega bo‘ladi. Biz bunga erishamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Turkiya o‘z chegarasi xavfsizligini mini-dirijabllar bilan kuchaytirishi ma'lum qilingandi.