Amerika kubogining chorak finalida Argentina Venesuela ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Gonsalo Iguain dublga erishgan bo‘lsa, raqiblardan Luis Seyxas penalti urib hisobni qisqartirish imkonini qo‘ldan chiqardi.
Ikkinchi bo‘limda Messi o‘rtadagi farqni 3taga yetkazdi. 70-daqiqada Xose Solomon Rondon Venesualaning yagona goliga mualliflik qildi. O‘yindagi so‘nggi gol zaxiradan maydonga tushgan Erik Lamela hisobiga yozildi.
Yarim finalda Argentina Ekvadorni 2:1 hisobida mag‘lub etgan AQShga qarshi maydonga tushadi.
Argentina – Venesuela 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 8 Iguain, 2:0 – 28 Iguain, 3:0 – 60 Messi, 3:1 – 70 Rondon, 4:1 – 71 Lamela.
Argentina – Romero, Merkado, Otamendi, Funes Mori, Roxo, Fernandes, Maskerano, Banega (Bigliya, 80), Messi, Iguain (Aguero, 74), Gaytan (Lamela, 67).
Venesuela – Ernandes, Gonsales, Anxel, Viskarrondo, Felcher, Gerra, Rinkon (Velaskes, 85), Figera, Seyxas (Anor, 55), Rondon, Martines (Del Vale, 80).
Ogohlantirishlar: Seyxas (4), Gaytan (27), Anxel (52), Figera (63), Rondon (77).