AQShning Alyaska shtati sobiq gubernatori va nufuzli konservator siyosatchi Sara Peylin AQSh prezidenti Barak Obamani "ahmoq" deb atadi". U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozib o‘tdi.
U o‘zining postini bosh harflar bilan yozilgan "Obama – mutlaq ahmoq" degan so‘zlar bilan boshladi.
"Bas, janob prezident. Siz nayrang ko‘rsatganingizdan keyin sizga hech qanday hurmatim qolmadi", deb o‘z so‘zlarini davom ettirdi Peylin.
Peylin Obama Orlandodagi tungi klubdagi otishmadan har bir amerikalikka o‘qotar qurolga qonuniy egalik qilish huquqini beruvchi "ikkinchi tuzatmaga" qarshi o‘z missiyasini yanada ko‘proq ilgari surish uchun foydalanayotganini "jirkanch holat" deb atadi.
"Agar Orlandoda ongsiz terrorchi islomning barcha vakillarini taqdim qilmasa, unda nima uchun siz uni barcha qurolga egalik qiluvchilarni taqdim qilishiga ishora qilmoqdasiz?", deb murojaat qildi siyosatchi prezidentga. "Nima uchun otishmadan keyin siz hech nimada aybdor bo‘lmagan va hech narsa sodir etmagan odamlardan qurolni tortib olmoqchi bo‘lasiz?", deb qo‘shimcha qildi Peylin.
Peylin Obamani "qurollarni nazorat qilish haqidagi o‘zining ahmoqona fikrini" esdan chiqarishga va terrorchilikka qarshi kurashda ishtirok etishga chaqirdi.
Avvalroq Obama Orlandodagi otishmadan keyin qurol-aslaha aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha choralar kiritishga chaqirgandi.