Germaniya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Frank Valter Shtaynmayyerning fikricha, ayni chog‘da Rossiyani saqlab turish uchun «qurol o‘ynatish va jangovar kuchlar namoyishi»ning vaqti emas.
«Agar kimdir, sharqiy chegaralarda ramziy tanklar paradi xavfsizlikni kuchaytiradi, deb o‘ylasa xato qiladi», — degan Shtaynmayyer Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda «muammoni faqat harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan hal etish hamda uni raqib tomonni bosib turish chorasi sifatida bilish juda xavflidir». Shtaynmayyerning qo‘shimcha qilishicha, har doim muzokaralar uchun imkoniyat qidirish lozim.
Ma'lumki, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshada alyans qo‘shinlari joylashtirilishini «Rossiya harakatlariga munosib javob», deya baholagan edi.