Samarqand shahridagi jamoat transportlarida yo‘l haqi qimmatlashadi

O‘zbekiston 16:50 / 18.06.2016 8942

20 iyundan boshlab Samarqand shahrida avtobus yo‘lovchi transporti xizmatlarining cheklangan tarifi bir marta yurish uchun 900 (to‘qqiz yuz) so‘m etib belgilangan. Samarqand viloyati hokimining 1 iyunda chiqarilgan ushbu qarori loyihasi hokimlik rasmiy saytida e'lon qilingan.

Shahar va shahar atrofida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflarining oshirilishiga yoqilg‘i-energetika resurslarining narxi o‘zgargani sabab sifatida keltirilgan.

Ayni paytdagi yo‘l haqi miqdori 2014 yilning iyun oyi oxirida belgilangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: