Rio-de-Janeyroda Olimpiadaga 49 kun qolganda moliyaviy falokat e'lon qilindi

Sport 19:50 / 18.06.2016 10359

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati hukumati Olimpiada boshlanishiga 49 kun qolganda falokatli moliyaviy vaziyat tufayli favqulodda vaziyat e'lon qildi. Bu haqda  The Telegraph nashri xabar bermoqda. Rio-de-Janeyro rahbariyati chop etgan hujjatda neftga narxlarning pasayishi sababli ular Olimpiya o‘yinlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmasliklari aytilgan.
 
Hujjatda inqiroz xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida "to‘liq falokatga" olib kelishi ko‘rsatilgan.

Shtat gubernatori Fransisku Dornelleshaning aytishicha, moliyaviy vaziyatni to‘g‘rilash uchun qat'iy choralar zarur bo‘ladi. Uning ta'kidlashicha, chop etilgan dekret shtat bilan birgalikda metro ishi, sog‘liqni saqlash tizimi va huquq-tartibotni saqlash masalalarini hal qilishi kerak bo‘lgan Braziliya hukumatining e'tiborini tortishi kerak.  

Rio-de-Janeyro meriyasi shu bilan birga shaharda jiddiy moliyaviy muammolar yo‘qligiga, shtat rahbariyati bayonoti esa Olimpiadaga tayyorlanishga ta'sir qilmasligiga ishora qildi. 

O‘tgan haftada Fitch reyting agentligi Rio-de-Janeyro shtati reytingini, likvidlikning tez yo‘qolishiga ishora qilib, V+ darajadan V- ga tushirdi.
Guardian nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Rio-de-Janeyro byudjyeti defitsiti joriy yilda 5,56 mlrd dollarga yetishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: