Pokistonda homilador ayol oila a'zolari tomonidan vahshiyona tarzda o‘ldirildi

Jahon 17:46 / 18.06.2016 19446

Pokiston sharqida, 3 yil muqaddam oila a'zolarining qarshiligiga qaramay turmushga chiqqan homilador ayol, o‘z oila a'zolari tomonidan qasddan o‘ldirilgan, deb xabar qilmoqda mahalliy politsiya mahkamasi. 

22 yoshli Muqaddas Tavfiq bilan ushbu mash'um hodisa yuz berganida, u  ikkinchi farzandiga 8 oylik homilador bo‘lgan. U ko‘rik uchun shifoxonaga borganida, onasi paydo bo‘lib, uni o‘z uyiga tortib olib ketgan, deb ma'lum qilgan ayolning turmush o‘rtog‘i Xolid Tavfiq CNN telekanaliga.

Muqaddasni esa, uyida akasi Muhammad Odil Bashir kutib olib, unga tayoq bilan hujum qilgan. Bu zarba ish bermaganida bo‘yniga pichoq tortgan, deb voqea tafsilotlarini so‘zlagan Gujranwala mintaqaviy politsiya mahkamasi xodimi. 

Hozirda marhumaning voqea joyidan yashiringan onasi Amna Bashir va qotil akasi politsiya tomonidan qidirilmoqda. 

Aytish joizki, garchi oila a'zolarining or-nomus talashib qilgan bu kabi qotilliklari Pokistonda jinoyat sanalsa-da, unga barham berib bo‘lmayapti. 
Jumladan, 2016 yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida mamlakatda 212 marta "nomus" qotilliklari sodir etilgan. Shulardan 50tasi erkak kishilar va 38tasi voyaga yetmaganlarning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgani ayollarning qatl etilishiga oiddir.

Ko‘proq yangiliklar: