Maksim Galkinning bolaligi Buryatiyada, Sosnovyy Bor harbiy shaharchasida o‘tgan. Bu yerda uning otasi general mayor bo‘lib xizmat qilgan. Maksim yuqori sinfga o‘tganda, uning oilasi Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Bo‘lg‘usi artist RDGU filologiya fakultetining tilshunoslik bo‘limiga o‘qishga kirgan va uni tugallab, aspiranturaga qabul qilingan. Uning dissertatsiya mavzusi Hyote qalamiga mansub "Faust" asarining ruscha tarjimasiga bag‘ishlangan.
Biroq bolalik damlaridanoq namoyon bo‘lgan aktyorlik qobiliyati uning filologiyaga bo‘lgan qiziqishidan ustunlik qildi. Avval u MDUning Talabalar teatrida, so‘ngra Moskva estrada teatrida o‘z iste'dodini ko‘rsata boshladi. Uning ijod yo‘li juda muvaffaqiyatli kechdi. Ilk yillardanoq u tortinchoq debyutantdan ommaning sevimli artistiga aylandi.
Bugungi kunda Rossiya estradasida Maksim Galkinning raqiblari yo‘q. O‘zining 40 yilligini u xalq e'tirofiga sazovor bo‘lgan holda, shuningdek Rossiya Primadonnasining turmush o‘rtog‘i va ikki farzandning otasi sifatida qarshi olmoqda.
Alla Pugachyova eri Maksim Galkin bilan birga
Maksim Galkin maktab sahnasida
Maksim Galkin, 2005 yil
Maksim Galkin maktab spektaklida
Maksim Galkin va Alla Pugachyova, 2003 yil
Estrada artisti Maksim Galkin, 2000 yil
Maksim Galkin va qo‘shiqchi Pelageya Rossiya kuniga bag‘ishlangan bayram konsertida, 2014 yil
Maksim Galkin maktab yillarida
Maksim Galkin va Kseniya Sobchak «Muz-TV 2016» - musiqa sohasidagi XIV milliy televizion mukofot taqdimotida
Maksim Galkin va Alla Pugachevaning to‘y kunidan, 2011 yil
Maksim Galkinning yoshligi
Artist, teleboshlovchi Maksim Galkin «Slavyanskiy bazar» - XVII Xalqaro san'at festivalida, 2008 yil