"LUKoyl" kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov "Bashneft" kompaniyasini sotib olish rejalari haqida ma'lum qildi. Bunda kompaniya bitimni moliyalashtirishda 60 foiz o‘z mablag‘laridan foydalanadi, qolganini esa xorijiy banklar ta'minlaydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"LUKoyl – operatsion kompaniya, bizga qandaydir aktivda moliyaviy ishtirok etish qiziq emas. Albatta biz "Bashneftda" qayta tashkillashtirish va ikki kompaniyadan sinergetik samara olish uchun 100 foiz ishtirok etishni istardik", deb aytdi Alekperov.
Alekperov bitimni "aynan xorijiy xususiy banklar" moliyalashtirishga tayyorligini aytdi va "Bashneft"ning joriy qiymati "rentabellik chegarasida turganini" qo‘shimcha qildi.