Kanada parlamenti evtanaziyaga ruxsat beruvchi qonun qabul qildi

Jahon 10:32 / 18.06.2016 5607

Kanada parlamenti evtanaziya masalasida qonun qabul qildi. 17 iyul kuni ushbu qonun loyihasini mamlakat parlamentining yuqori palatasi – senat tasdiqlab bergan. Bu haqda SVS telekanali xabar bermoqda.

Avvalroq qonun loyihasi jamoatchilik palatasi tomonidan ma'qullangan edi. Endi ushbu qonunning kuchga kirishi uchun Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining mamlakatdagi rasmiy vakili, general-gubernator Devid Jonston imzolashi kerak.

Ayni damda evtanaziya borasidagi yangi qonun faqat Kanada fuqarolari uchun amal qiladi. Undan ruhan sog‘lom va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan Kanada fuqarosi foydalana oladi.

Ma'lumot uchun: evtanaziya – bu og‘ir va tuzalmas darddan azob chekayotgan insonning ixtiyoriy ravishda hayotini to‘xtatishlariga rozi bo‘lishi.

Ko‘proq yangiliklar: