O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti hamda o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2016-2017 o‘quv yili uchun qabul e'lon qiladi.
Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti
2016 yilning 27 iyun kunidan 20 iyul kuniga qadar abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- rektor nomiga ariza;
- ma'lumoti haqida hujjat: o‘rta maktabni bitirganligi haqida shahodatnoma (attestat), litsey yoki o‘rta maxsus ta'lim muassasasini bitirganligi haqida diplom (asli);
- sog‘lig‘i haqida tibbiy ma'lumotnoma (U-086-shakl);
- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- 6 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yashash joyidan ma'lumotnoma;
- yashash joyidagi masjid imom-xatibidan tavsiyanoma;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli).
O‘rta maxsus islom bilim yurtlari
2016 yilning 27 iyun kunidan 5 iyul kuniga qadar abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- qabul hay'ati raisi nomiga ariza;
- ma'lumoti haqida hujjat (asl nusxasi);
- sog‘lig‘i haqida tibbiy ma'lumotnoma (U-086-shakl);
- 6 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
- yashash joyidan ma'lumotnoma;
- yashash joyidagi masjid imom-xatibidan tavsiyanoma;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (16 yoshdan kattalar uchun asl nusxasi).