GFR qurolli kuchlari YeIning boshqa davlatlari fuqarolarini qabul qila boshlaydi

Jahon 20:42 / 18.06.2016 7369

Germaniya hukumati mamlakat qurolli kuchlari tarkibiga, YeIning boshqa davlatlari fuqarolarini xizmatga qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Die Welt gazetasi, mamlakatning yangi e'lon qilinmagan harbiy doktrinasiga asoslangan holda. 

«YeI fuqarolari uchun Bundesver eshiklarining ochilishi, nafaqat harbiy xodimlar integratsiyasi va barqarorligining salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi, balki Yevropa istiqbolining ochiq ramzi bo‘ladi», — deya «Bundesverning oq kitobi» bandidan iqtibos keltiradi gazeta.

Qayd etilishicha, ushbu strategiya yaqin vaqtlarda «ma'lum bir maqsadli guruhlar»ga nisbatan qo‘llaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: