"Gazprom" kompaniyasi joriy yilda 40ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasini ochsa, kelasi yili bu raqam 56tani tashkil etadi, deb bayonot bergan xolding direktorlar kengashi Viktor Zubkov TASSga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, uning ma'lum qilishicha, yana 41ta shunday stansiya ta'mirlanadi. Bu stansiyalarning barchasi Rossiyaning zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi hamda sutkasiga 500-600ta mashinaga xizmat ko‘rsata oladi. Bu esa har bir stansiyada yiliga 7,5 mln kubmetr gaz sotilishini ta'minlaydi. Zubkovning aytishicha, "Gazprom" xolding kompaniyasi 2020 yilga borib, 500ta shunday stansiya tarmog‘iga ega bo‘lish ustida ish olib bormoqda.
Shuning barobarida, mamlakatda avtomobillarni gazlashtirish masalasini ham ijobiy hal etish lozim bo‘ladi. Zubkovga ko‘ra, yiliga kamida 20 ming dona mashina gazda yurishni boshlasagina, gaz quyish shoxobchalari foyda keltirishi mumkin. Aks holda, ular zarar uchun ishlaydi, xolos.